Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi futbol haftaligi o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2019 yil 23-29 avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun “MEDIA.UZ – futbol haftaligi” o‘tkazadi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aytilishicha, musobaqa — yurtimizdagi jurnalist va blogerlar, umuman milliy media maydonida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni xalq farovonligini oshirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishda bir musht bo‘lib birlashtirish va jipslashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
«Axborot sohasining barcha vakillarini do‘stlik, hamjihatlik, hamfikrlik shiori ostida o‘tkaziladigan “MEDIA.UZ – futbol haftaligi”gida faol ishtirok etishga chorlaymiz!», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter