Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina birinchi bo‘lib Amerika kubogi chorak finaliga chiqdi

Argentina birinchi bo‘lib Amerika kubogi chorak finaliga chiqdi

Foto: iSport

Futbol bo‘yicha Amerika kubogi guruh bosqichi 2-turida Argentina terma jamoasi Chilini 1:0 hisobida yengdi. O‘yin Ist-Raterford (Nyu-Jersi, AQSh) bo‘lib o‘tdi.

O‘yindagi yagona golni 88-daqiqada Lautaro Martines kiritdi. Bu uning turnirdagi ikkinchi goli, u birinchi turda Kanada (2:0) darvozasini ishg‘ol qilgandi.

A guruhidagi ikkinchi o‘yinda kanadaliklar peruliklarni mag‘lub etishdi (1:0). 6 ochko to‘plagan Argentina muddatidan oldin chorak finalga yo‘l oldi. Guruhda keyingi o‘rinlarni Kanada (3), Chili (1) va Peru (1) egallab turibdi. 30-iyun kuni 3-turda Argentina–Peru hamda Kanada–Chili o‘yinlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring