Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

APLda koronavirus tarqalishi kuchaydi

APLda koronavirus tarqalishi kuchaydi

6-12 dekabr kunlari oralig‘ida Angliya premer ligasidagi jamoalarda jami 42 ta koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Bu haqda APL ma’lum qildi.

Hozircha koronavirus yuqtirganlarning ismlari oshkor qilinmayapti. Ushbu davr mobaynida 3805 ta o‘yinchi va xodim test topshirgan. Hozircha chempionat o‘yinlari to‘xtatilishi haqida gap yo‘q.

Chunki bugundan APLning 17-turi boshlanadi. Markaziy o‘yin Londonda bo‘lib o‘tadi, unda «Arsenal» klubi «Vest Xem»ni qabul qiladi. «Brentford» - «Manchester Yunayted» o‘yini esa noma’lum muddatga qoldirildi.

Oldinroq «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» jamoalarida koronavirus aniqlangan edi. Shuning oqibatida «taqachilar» yevrokuboklardagi ishtirokini yakunlashga yaqin turibdi.

APL, 17-tur

14 dekabr

Brentford - Manchester Yunayted (qoldirildi)
Norvich - Aston Villa
Manchester Siti - Lids

15 dekabr

Byornli - Uotford
Brayton - Vulverxempton
Kristal Pelas - Sautgempton
Arsenal - Vest Xem

16 dekabr

Lester - Tottenxem
Chelsi - Everton
Liverpul - Nyukasl

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring