APL: Gvardiola «eng yaxshilar» rekordchisi, oy futbolchisi — Harri Keyn
Angliya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Hosep Gvardiola oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Gvardiola jamoasi o‘tgan oyda 6 g‘alaba va bir durangga erishdi.
Kataloniyalik murabbiy bu borada yangi rekord o‘rnatdi. U ketma-ket 4-bor eng yaxshi murabbiy sifatida tan olinmoqda. Ilgari APL murabbiylarining hech biriga bunday natija nasib etmagan.
Oyning eng yaxshi futbolchisi esa «Tottenxem» hujumchisi Harri Keyn bo‘ldi. U o‘tgan oyda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 8 marta raqib jamoa darvozabonlarini ranjitdi.
Shuningdek, Keyn afonaviy Alan Shirer rekordini ham yangiladi. U 2017 yilda Angliya chempionatida 39 ta gol urishga erishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter