Sportchimizdan oltin medal «tortib olindi»
Avvalroq kanoe slalomida eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Klevleyev Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
Afsuski, hakamlar hay’ati sportchimizning medalini mezbonlarga «olib berishdi». Xitoylik sportchiga berilgan jarima soniyalari to‘liq bekor qilindi va uning natijasi 98,20 soniyaga o‘zgartirildi.
Boz ustiga hakamlar aslida marraga 96,63 soniyada yetib kelgan Anvar Klevleyevga 2 soniya jarima bali qo‘shib berdi. Natijada Anvar 98,63 soniya natija bilan 2-o‘ringa tushib qoldi va Osiyo o‘yinlarining kumush medali sohibi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter