Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyalik afsonaviy futbolchi Bobbi Charlton vafot etdi

Angliyalik afsonaviy futbolchi Bobbi Charlton vafot etdi

1966-yilda Angliya terma jamoasida jahon chempioni bo‘lgan va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan afsonaviy futbolchi Bobbi Charlton 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Manchester Yunayted» saytida ma’lum qilingan.

Klub sayti Charltonni klub tarixidagi eng buyuk va sevimli futbolchilardan biri deb atadi.

«Ser Bobbi nafaqat Manchester yoki Buyuk Britaniyada, balki futbol o‘ynaladigan butun dunyoda millionlab muxlislar uchun qahramon bo‘lgan», – deyiladi xabarda.

Charlton 1958-yil Myunxen aviafojeasida tirik qolganlardan biri edi. O‘shanda MYuning 8 nafar futbolchisi halok bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring