Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyaga kelgan Messi, qilko‘prikdagi «Milan», revanshga chiqqan «Real». YeChL: kimga qanday natija kerak? (prevyu)

Angliyaga kelgan Messi, qilko‘prikdagi «Milan», revanshga chiqqan «Real». YeChL: kimga qanday natija kerak? (prevyu)

Foto: «The Quint»

Bugun Yevropa chempionlar ligasi 2021-2022-yilgi mavsumining guruh bosqichi 5-tur o‘yinlarining qolgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 16 klub ishtirokida 8 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kimga qanday natija kerak va taxminiy tarkiblar qanday bo‘lishi haqida gaplashamiz.

«A» guruhi

Bugun bu guruhda ikkita o‘yin bo‘lib o‘tadi. «Etihad»da kechadigan o‘yin kechani bezab berishi kutilmoqda. Bu o‘yindagi natija katta ehtimol bilan guruhdan kim birinchi, kim ikkinchi o‘rin bilan chiqishini belgilab beradi. Dastlabki o‘yinda parijliklar g‘alaba qozonishgan. Nazariy jihatdan ikkala jamoaning qaysidir biri Yevropa Ligasiga tushib ketishi mumkin. Agar «Pari Sen-Jermen» bu o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, «Bryugge» «Leypsig»ni yutsa, so‘nggi turda Pochettino shogirdlari o‘z maydonida «Bryugge»ga ochko bermasliklariga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu ssenariy «Manchester Siti»da takrorlanishi mumkin. «Bryugge» ikkala o‘yinni yutgan taqdirda, «shaharliklar» «Leypsig»dan eng kamida bir ochko olishlariga to‘g‘ri keladi. Parijliklar tarkibida yo‘qotishlar katta emas, ammo inglizlar safida de Bryuyne va Ferran Torres maydonga tushmaydi. Bugun Ramos ham debyut qilishi mumkin.

«Bryugge» — «RB Leypsig» o‘yini ham ancha murosasiz o‘tishi kutilmoqda. Hujumkor va yorqin «Leypsig» mehmonda o‘ynashiga qaramay, oson taslim bo‘lmasligi mumkin. Belgiyaliklarga ikkala o‘yinda g‘alaba juda zarur, chunki yuqorida aytilgandek hali nazariy jihatdan pley-offga «ilinish» mumkin.

«B» guruhi

Bu guruhda hammasini hal qilgan «Liverpul» «Portu»ni qabul qiladi. Italiyaning mashhur klubi «Milan» esa Madridga safar qiladi. Guruhda ikkinchi bo‘lish imkoniyati hatto bir ochko to‘plagan «Milan»da ham nazariy jihatdan saqlanib turibdi. Bu uchun milanliklar Ispaniyadan g‘alaba bilan qaytishlari, 8 dekabrda o‘z uyida o‘tadigan uchrashuvda «Liverpul»ni mag‘lub etishlari talab etiladi. Bundan tashqari, bugun «Liverpul» portugaliyaliklarni tor-mor qilishi kerak. «Atletiko» «Milan»ni quruq qo‘l bilan ortga qaytarsalar, so‘nggi turda hammasi o‘zlarining qo‘llarida bo‘ladi. «Portu» maydonidagi g‘alaba, shubhasiz, «Atletiko Madrid»ni keyingi bosqichga olib chiqadi. «Portu» esa ikki o‘yinda kamida ikki ochko olishlari kerak. Bu hech bo‘lmaganda Yevropa Ligasini kafolatlaydi.

«C» guruhi

Bu guruhda ham ikkinchi o‘rin uchun bahs avjiga chiqqan. Olti ochko to‘plagan ikki jamoa «Sporting» va «Borussiya Dortmund» o‘zaro bahs olib boradi. Katta ehtimol bilan mazkur bahsda qozonilgan g‘alaba g‘olibni keyingi bosqichga olib chiqadi. Ikkinchi bahs esa hech narsasi yo‘q Turkiyaning «Beshiktosh» klubi tobora kuchayib borayotgan «Ayaks»ni qabul qiladi.

«D» guruhi

Bu guruhda hali hech narsa aniq bo‘lmagan. Birinchi o‘rinda borayotgan «Real» ham pley-offdan quruq qolishi mumkin. Bugun Moldovaning «Sherif» klubi Madriddan bir ochko tortib olsa, so‘nggi bahsda g‘alaba qozonishi va «Real»ning qoqilishini kutishlari mumkin bo‘ladi. Anchelotti shogirdlari esa Moldovadan g‘alaba bilan qayta olsalar, «Inter» bilan o‘yindagi har qanday natija jamoani keyingi bosqichga chiqishi uchun yetarli bo‘ladi. Agarda bugun mag‘lubiyatga uchrasa, so‘nggi turda «Inter»dan ochko olishlari kerak bo‘ladi. «Inter» bugun «Shaxtiyor»ni mag‘lub etsa, «Real» ham «Sherif»ni yutsa, ikkala grand ham keyingi bosqichga chiqadi. Agarda «Sherif» «oq blankos»dan uch ochko olsa, so‘nggi turda Madridda g‘alaba qozonishi va Yaxshiboyev jamoasining ochko yo‘qotishini kutadi. Ko‘p jihatdan so‘nggi turda Madridda guruh taqdiri hal bo‘lishi kutilmoqda. Bugun «Real Madrid» tarkibida Beyl va Azar o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan. Vatandoshimiz Jasur Yaxshiboyevning maydonga tushishi esa so‘roq ostida. «Inter» va «Shaxtyor»da esa katta yo‘qotishlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining so‘nggi 6-tur o‘yinlari 7-8-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnir finali 2022-yil 28-may kuni Sankt-Peterburgda rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring