Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar futbolchilik faoliyatini yakunladi
«Manchester Yunayted» va Angliya futbol terma jamoasining sobiq sardori Ueyn Runi futbolchilik faoliyatini tugatdi. U «Derbi Kaunti» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 15-yanvar kuni ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Runi 2020-yil noyabr oyida Filipp Koku murabbiylar shtabi boshchiligini tark etganidan so‘ng ushbu lavozimni egallagandi, deya aniqlik kiritdi «Sport-Ekspress». Umumiy hisobda futbolchi to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan, shundan uchtasida «Derbi Kaunti» g‘alaba qozongan.
«Birlashgan Qirollikka qaytganimda, meni «Derbi Kaunti» futbol klubining imkoniyatlari butunlay hayratda qoldirdi: stadion, mashg‘ulotlar maydonchasi, o‘yinchilar sifati, yosh futbolchilar va, albatta, sodiq va doimo qo‘llab-quvvatlab turuvchi muxlislar. Boshqa takliflarga qaramay, «Derbi Kaunti» mening joyim ekanligini ich-ichimdan his qilib turardim», — deydi Runi.
U bilan shartnoma 2023-yilning yozigacha imzolandi.
Runi 2018-yil iyun oyining oxirida Angliyaning «Everton» klubidan «Di Si Yunayted»ga o‘tdi. Joriy mavsumda 23 uchrashuvda 11 marta darvozani ishg‘ol qildi.
Runi Angliya terma jamoasi safida 120 uchrashuv o‘tkazib, 53 ta gol urgan. Milliy terma jamoa tarixida u eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. «Manchester Yunayted» safida Runi 5 karra APL chempioni bo‘lgan va bir marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter