Angliya chempionatini davom ettirish bo‘yicha qaror chiqdi
Angliya premer ligasi (APL) rahbariyati jamoalardagi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qaramay, chempionat o‘yinlarini to‘xtatmaslikka qaror qildi.
Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi. Qo‘shimcha qilinishicha, futbolchilarni emlash jarayoni ham qattiq nazoratga olingan.
«Koronavirus tarqalishiga qaramay, Angliyada chempionat davom etadi va oldin rejalashtirilgan o‘yinlar qoldirilmaydi. Ayni paytda jamoalarning 92 foiz o‘yinchi va xodimlari 3 bosqichda emlangan. APL emlash jarayonlarini davom ettiradi», deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada APLda 18-turning birdaniga 6 ta o‘yini noma’lum muddatga qoldirilgandi. Ular qaysi sanada o‘tkazilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter