Angliya chempionatini Avstraliyada oxiriga yetkazib qo‘yish taklif qilindi
Angliya premer-ligasi (APL)ning koronavirus pandemiyasi tufayli 13-mart kuni to‘xtatib qo‘yilgan joriy mavsumi o‘yinlari Avstraliya yashil maydonlarida nihoyasiga yetishi mumkin.
Yaqinda APL va klublar vakillari yig‘ilishib, o‘yinlarni qay tariqa davom ettirishni muhokama qilishdi, deb yozmoqda «The Sun».
Aniqlik kiritilishicha, futbol agenti Geri Uilyams Angliya chempionatini dunyoning eng chekka nuqtalaridan biri — Pert shahrida (Avstraliya) davom ettirish taklifini ilgari surgan. Uning ishonch bildirishicha, bu yerda futbolchilar mavsumni xavfsiz va qulay yakunlashlari uchun barcha sharoit bor.
Uilyamsning taklifini ayrim ingliz klublari, hatto Avstraliya hukumati ham qo‘llab-quvvatlagan.
«Bu yer Avstraliya sport olamining yuragi. Havomiz musaffo, iqlimimiz ajoyib. Chempionat bizda davom etsa zo‘r bo‘lardi», — dedi G‘arbiy Avstraliya shtati (Pert shu shtatning poytaxti) senatori Glenn Sterle.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter