Angliya chempionati. «Chelsi» «Xaddersfild»ni saqlab qoldi, «Tottenxem» chempionlar ligasida o‘ynaydi
Kecha tunda Angliya chespionatining bir qator turlarida qoldirilgan o‘yinlar o‘tkazildi.
«Arsenal» klubi deyarli ahamiyatsiz o‘yinda «Lester»ga mag‘lub bo‘ldi. «Man Siti» esa «Brayton»ni mag‘lub etib, ochkolar soni bo‘yicha premer liga rekordini o‘rnatdi. Ya’ni, Angliya chempionatida shu paytga qadar biror jamoa 97 ochko qo‘lga kiritmagan edi.
«Tottenxem» klubi «Nyukasl»ni mag‘lub etib, kelgusi mavsum uchun chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi. «Chelsi» bilan durang o‘ynagan «Xaddersfild» esa elitada jon saqlab qoladigan bo‘ldi.
Lester – Arsenal 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 14 Ixeanacho, 1:1 – 53 Obameyang, 2:1 – 76, penalti Vardi, 3:1 – 90 Marez.
Manchester Siti – Brayton 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Danilo, 1:1 – 20 Uloa, 2:1 – 34 Bernardu Silva, 3:1 – 72 Fernandino.
Tottenxem – Nyukasl 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 50 Keyn.
Chelsi – Xaddersfild 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 50 Depuatr, 1:1 – 62 Alonso.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter