Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi boshqaruviga qaytdi

Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi boshqaruviga qaytdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bugun, 22-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil qilindi.

MOQ rasmiy saytida yozilishicha, konferensiyada federatsiyaga yangi prezident va bosh kotib saylangan.

O‘zbekistonda yengil atletika sportining rivojiga qo‘shgan hissasi, qolaversa sohadagi tajribasi va ko‘p yillik mehnati inobatga olinib, Andrey Hakimovich Abduvaliyev nomzodi federatsiya prezidentiliga ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan A.Abduvaliyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi. Shu tariqa, Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi rahbari etib saylandi.

Ma’lumot uchun, Andrey Abduvaliyev 1966-yilda tug‘ilgan. MDH birlashgan terma jamoasi safida 1992-yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2000-2012-yillar davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.

Mamlakat yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelgan Kamoliddin Nurmuhammedov esa lavozimiga qayta saylandi. Yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda sportning ushbu turini rivojlantirish, oldinda turgan nufuzli musobqalarda muvaffaqiyatli natijalar qayd etish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring