Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionga Andijonda 2 xonali uy berildi

Chempionga Andijonda 2 xonali uy berildi

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlariga mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yakunda 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 160 dan ziyod davlat orasida 16-o‘rinni egalladi.

Tokio paralimpiadasi o‘yinlarida Andijon viloyatidan 6 nafar sportchi yo‘llanma olgan edi. Ayniqsa, para yengil atletika musobaqasining F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Boburjon Omonov 14,06 metr natijani qayd etib, olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga,  yadro uloqtirish bo‘yicha paralimpiya rekordini yangiladi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi paralimpia chempioni va rekordchisi Boburjon Omonovga Andijon shahrida qad rostlagan 16 qavatli yangi uyning 2 xonali kvartirasi kalitini tantanali ravishda topshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring