Anatoliy Karpov bilan ko‘ngilsiz voqea yuz berdi

Shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Anatoliy Karpov Moskvadagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «112» telegram-kanali xabar berdi.
Anatoliy Karpov o‘tgan shanba kuni Davlat dumasi yonida hushsiz holatda topilgan. Hozir u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida, sun’iy komaga o‘tkazilgan. Shifokorlar unga bosh miya yopiq jarohatlanishi, chap son suyagi sinishi va alkogoldan kuchli zaharlanish tashxisini qo‘yishgan.
Tadbirkor Andrey Kovalyovning aytishicha, deputat (Anatoliy Karpov — Duma deputati)ga noma’lum shaxslar hujum qilgan. Biroq «112» telegram-kanali manbasi bu xabarni tasdiqlamadi. Grossmeysterning yordamchisi ham bosqin haqidagi xabarni inkor etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter