«As Sadd» yetakchisi Qarshiga kelmaydigan bo‘ldi
![«As Sadd» yetakchisi Qarshiga kelmaydigan bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3173510370.jpg)
Xabaringiz bor, Qarshining «Nasaf» jamoasining OChL 3-turi doirasida o‘z maydonida Qatarning «As Sadd» jamoasini qabul qiladi.
«As Sadd» yetakchilaridan biri, eronlik yarim himoyachi Murtazo Puraliganji jarohati bois, 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda «Sports.uz» xabar bermoqda.
25 yoshli futbolchi kuni kecha Qatar Yulduzlar ligasi 18-turidan o‘rin olgan «Al Ahli»ga qarshi (5:0) bahsda jarohat olgani aytilmoqda. Puraliganji ushbu o‘yinning 79-daqiqasida zaxiraga olingan edi.
Klub rasmiy saytida yozishicha, u bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va 3 hafta jamoasiga yordam bera olmaydi. U bu mavsum chempionat bahslarida «As Sadd» safida 17 bahsda ishtirok etib, 3 ta gol kiritganligini qo‘shimcha qilish joiz.
Ma’lumot uchun, «Nasaf» – «As Sadd» o‘yini 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter