Akbar Jo‘rayevning chempionlik unvoni yana bittaga ko‘paydi
Ayni kunlarda Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun erkaklar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida bahslar o‘z nihoyasiga yetdi. Unda o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 180 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 400 kg natijani qayd etib, 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev -102 kg vazn toifasida chempionlikni rasmiylashtirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter