Abdumalik Xalokov yana g‘alaba qozondi

Ispaniyaning Sevilya shahrida bo‘lib o‘tgan boks kechasida o‘zbekistonlik olimpiya chempioni, 24 yoshli Abdumalik Xalokov professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi.
U venesuelalik Marlembron Akunyani mag‘lubiyatga uchratdi: 6 raundlik jangning 3-raundida hakamlar Xalokovning texnik nokautini qayd etishdi — u jang davomida raqibini uch marta nokdaunga uchratgandi. Shu tariqa Abdumalik professional boksdagi ikkinchi o‘yinini ham g‘alabaga aylantirdi.
Akunya bungacha 25 jang o‘tkazib, 13 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter