Abdumalik Xalakov va Mujibillo Tursunov ham oltin medalga ega chiqdi

Bolgariyaning Sofiya shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha xalqaro musobaqaning final bahslarida yana ikki bokschimiz zafar quchdi.
-57 kg vazn toifasida jang olib borgan Abdumalik Xalakov bolgariyalik Xaver Diasni 4:1 hisobida taslim etgan bo‘lsa, -63,5 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov ukrainalik Yaroslav Xarsizga hech qanday imkon qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tarzda bu ikki bokschimiz ham oltin medalga ega chiqishdi.
Biroz avvalroq Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik raqibi ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter