Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

A seriya. So‘nggi daqiqalardagi intriga musobaqa intrigasiga ham ta’sir qildi

A seriya. So‘nggi daqiqalardagi intriga musobaqa intrigasiga ham ta’sir qildi

Italiya chempionatining 34-tur o‘yinlari ham yakuniga yetdi. Unda bir qator markaziy uchrashuvlarni ko‘rdik. Xususan, «Inter» - «Roma» va «Latsio» - «Milan», boshqacha aytganda, ikkita qadim shaharning qadim jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bu o‘yinlar chempionlik poygasida intrigani ushlab turgani uchun ham juda muhim edi. Chunki bir o‘yini zaxirada turgan «Inter» o‘zidan 2 ochko oldinda yetakchilik qilayotgan «Milan»ga yetib olishi kerak edi. Bunga bir bahya qoldi, agar Tonali otliq futbolchi qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada «Milan»ga g‘alaba keltirmaganda.

«Inter»ga qarshi o‘yinda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushirildi va bitta golli pas berishga ulgurdi, ammo bu jamoasiga foyda keltirolmadi. Quyida A seriyaning shu turdagi natijalari, statistikalari, tur ramziy terma jamoasi va qahramoni bilan tanishtirib o‘tamiz.

A seriya, 34-tur natijalari

Venetsiya - Atalanta - 1:3
Gollar: Pashalich, 44 (0:1). Sapata, 47 (0:2). Muriel, 63 (0:3). Chrnigoy, 80 (1:3).
23 aprel. Venetsiya. «Perluidji Penso» stadioani.
Bosh hakam: Franchesko Furno (Rim).

Torino - Spetsiya - 2:1
Gollar: Lukich, 4 - penaltidan (1:0). Lukich, 69 (2:0). Manay, 90+6 - penaltidan (2:1).
23 aprel. Turin. «Grande Torino» stadioni.
Bosh hakam: Davide Gerzini (Genuya).

Inter - Roma - 3:1
Gollar: Dumfris, 30 (1:0). Brozovich, 40 (2:0). Martines, 52 (3:0). Mxitaryan, 85 (3:1).
23 aprel. Milan. «Juzeppe Meatssa» stadioni.
Bosh hakam: Simone Sotssa (Sereno).

Verona - Sampdoriya - 1:1
Gollar: Kaputo, 44 (0:1). Kaprari, 78 (1:1).
Urilmagan penalti: Kaputo, 44 (darvozabon).
23 aprel. Verona. «Mark Antonio Bentegodi» stadioni.
Bosh hakam: Jovanni Ayroldi (Molfetta).

Salernitana - Fiorentina - 2:1
Gollar: Jurich, 9 (1:0). Saponara, 64 (1:1). Bonatssoli, 79 (2:1).
24 aprel. Salerno. «Areki» stadioni.
Bosh hakam: Davide Massa (Imperiya).

Bolonya - Udineze - 2:2
Gollar: Xiki, 6 (1:0). Udogi, 25 (1:1). Saksess, 46 (1:2). Sansone, 59 (2:2).
24 aprel. Bolonya. «Renato DalAra» stadioni.
Bosh hakam: Alberto Santoro (Messina).

Empoli - Napoli - 3:2
Gollar: Mertens, 44 (0:1). Insine, 53 (0:2). Xenderson, 80 (1:2). Pinamonti, 83 (2:2). Pinamonti, 87 (3:2).
24 aprel. Empoli. «Karlo Kastellani» stadioni.
Bosh hakam: Livio Marinelli (Tivoli).

Jenoa - Kalyari - 1:0
Gol: Badel, 89 (1:0).
24 aprel. Genuya. «Luiji Ferraris» stadioni.
Bosh hakam: Paolo Valeri (Rim).

Latsio - Milan - 1:2
Gollar: Immobile, 4 (1:0). Jiru, 50 (1:1). Tonali, 90+2 (1:2).
24 aprel. Rim. «Olimpiko» stadioni.
Bosh hakam: Marko Guida (Torre-Annunsiata).

Sassuolo - Yuventus - 1:2
Gollar: Raspadori, 39 (1:0). Dibala, 45 (1:1). Ken, 88 (1:2).
25 aprel. Rejo-Emiliya. «Mapei — Chitta-del-Trikolore» stadioni.
Bosh hakam: Fabio Mareska (Neapol).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Milan 34 22 8 4 60-30 74
2  Inter 33 21 9 3 71-26 72
3  Napoli 34 20 7 7 61-30 67
4  Yuventus 34 19 9 6 52-30 66
5  Roma 34 17 7 10 55-40 58
6  Latsio 34 16 8 10 66-50 56
7  Fiorentina 33 17 5 11 54-42 56
8  Atalanta 33 15 9 9 57-39 54
9  Verona 34 13 10 11 59-51 49
10  Sassuolo 34 12 10 12 59-55 46
11  Torino 33 11 10 12 38-32 43
12  Udineze 33 9 13 11 49-52 40
13  Bolonya 33 10 9 14 37-47 39
14  Empoli 34 9 10 15 45-62 37
15  Spetsiya 34 9 6 19 34-59 33
16  Sampdoriya 34 8 6 20 41-57 30
17  Kalyari 34 6 10 18 31-62 28
18  Salernitana 33 6 7 20 28-70 25
19  Jenoa 34 3 16 15 25-54 25
20  Venetsiya 33 5 7 21 27-61 22

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

26 ta
Chiro Immobile (Latsio, 6)

23 ta
Dushan Vlaxovich (Yuventus, 5)

16 ta
Jovanni Simeone (Verona)
Lautaro Martines (Inter, 3)

15 ta
Temmi Abraxam (Roma, 2)

14 ta
Domeniko Berardi (Sassuolo, 6)

13 ta
Janluka Skamakka (Sassuolo, 1)
Edin Jeko (Inter)

12 ta
Marko Arnautovich (Bolonya, 2)
Joao Pedro (Kalyari, 3)
Viktor Osimxen (Napoli)
Andrea Pinamonti (Empoli, 4)

Avtogollar

Toma Genri (Venetsiya) - 2
Adrian Ismayli (Empoli) - 2
Dimitrios Nikolau (Spetsiya)
Rikkardo Markitssa (Empoli)
Lukash Skorupski (Bolonya)
Zino Vanxeusden (Jenoa)
Simon Ker (Milan)
Andrea Karboni (Kalyari)
Juan Jezus (Napoli)
Teun Koopmeyners (Atalanta)
Kris Smolling (Roma)
Maya Yosida (Sampdoriya)
Kristiano Biragi (Fiorentina)
Berat Djimshiti (Atalanta)
Franchesko Di Takko (Salernitana)
Patrik (Latsio)
Stefan de Vrey (Inter)
Mattia Viti (Empoli)
Emmanuel Gyasi (Spetsiya)
Koray Gyunter (Verona)
Yens Stryuger-Larsen (Udineze)
Kevin Bonifatsi (Bolonya)
Stefan Strandberg (Salernitana)
Zlatan Ibrahimovich (Milan)
Davide Frattezi (Sassuolo)
Ivan Ilich (Verona)
Lorenso Tonelli (Empoli)
Kristoffer Askildsen (Sampdoriya)
Salvatore Sirigu (Jenoa)
Lorenso Venuti (Fiorentina)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Luiji SEPE (Salernitana) — Davide ZAPPAKOSTA (Atalanta), Aaron XIKI (Bolonya), Federiko FASIO (Salernitana) — Milan BADEL (Jenoa), Marselo BROZOVICh (Inter), Sandro TONALI (Milan), Sasha LUKICh (Torino), Hoqon ChALXANO‘G‘LU (Inter) — Andrea PINAMONTI (Empoli), Luis MURIEL (Atalanta).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

A seriyaning bu turida «Empoli» hujumchisi Andrea PINAMONTI bo‘ldi. U favorit «Napoli»ga qarshi o‘yinda o‘z jamoasini mag‘lubiyatdagn asrab qolib, g‘alaba ham olib berdi. So‘nggi daqiqalarda urgan dubli evaziga neapolliklar uchun qimmatga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring