58 yoshli Xolifild ertaga yana ringga chiqadi
Ertaga Floridada boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida boks afsonalaridan biri, sobiq chempioni 58 yoshli Evander Xolifild UFC sobiq chempioni Vitor Belforga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ushbu jang oqshomi oldidan sportchilar taroziga chiqishdi. Unga ko‘ra, Xolifild raqibidan 9 kg og‘ir chiqdi.
Evander Xolifild o‘z vaqtida Mayk Taysonni yenggan bokschi sanaladi. Tayson aynan uning qulog‘ini tishlab olib katta shov-shuv ko‘targandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter