Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 yoshli nemis konkichisi Olimpiya o‘yinlari tarixiga kirdi

50 yoshli nemis konkichisi Olimpiya o‘yinlari tarixiga kirdi

Klaudiya Pexshtayn.

Foto: «Sport-Ekspress»

Germaniyalik konkida yuguruvchi Klaudiya Pexshtayn Pekindagi musobaqalarning 3000 metrlik musobaqalarida qatnashib, Qishki olimpiadalarda qatnashish bo‘yicha rekordni takrorladi.

22-fevral kuni 50 yoshini qarshilovchi Pexshtayn uchun Pekin-2022 — faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada.

Nemis sportchisi bu ko‘rsatkichi bilan tramplindan chang‘ida sakrovchi yaponiyalik Noriaki Kasaiga tenglashib oldi. Yaponiyalik ham 1992–2018-yillar davomida ketma-ket sakkiz Olimpiadada ishtirok etgan.


Noriaka Kasai. Foto: «SkokiPolska»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring