2022-yilgi Osiyo o‘yinlari taqdiri Toshkentda hal bo‘ldi
Bugun, 6-may kuni Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashi ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda 2022-yilgi Osiyo o‘yinlarini noma’lum muddatga ko‘chirishga qaror qilindi.
2022-yilgi Osiyo o‘yinlari 10-sentyabrdan 25-sentyabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak edi.
Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarni o‘tkazishga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, biroq pandemik vaziyat sababli o‘yinlar noma’lum muddatga ko‘chirildi.
Xitoydagi Osiyo o‘yinlari qachon o‘tkazilishi haqida tez orada xabar berilishi aytilgan.
Pandemiya sababli Xitoydagi yana bir yirik sport tadbiri — Xalqaro universiada o‘yinlari muddati 2022-yildan 2023-yilga ko‘chirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter