2016-yilgi olimpiada chempioni boksdan chetlatildi
2016-yilgi olimpiya o‘yinlari chempioni, fransiyalik Toni Yoka antidoping qoidalarini buzganligini uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, bokschi taqiqlangan modda iste’mol qilgani uchun emas, balki uchta doping nazoratini o‘tkazib yuborgani uchun jazolangan. Milliy antidoping agentligi bu muddatni ikki yilgacha uzaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada u 91 kg vaznda ishtirok etib, finalda britaniyalik Jozef Joysni mag‘lub etgan va chempionlikni qo‘lga kiritgan.
2017-yil Yoka Jevid Xey tashkil qilgan Hayemaker Ringstar promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional boksga yo‘l olgan edi. Fransiyalik bokschi uchta jang o‘tkazib, barchasini g‘olib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter