Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yopiq mamlakat» rahbari rafiqasi haqida nimalarni bilasiz?

«Yopiq mamlakat» rahbari rafiqasi haqida nimalarni bilasiz?

Shimollik ayollarga oddiy yoki jinsi shim, baland poshnali tuflilar kiyish va hatto velosiped haydashga ruxsat berilishida aynan Li Sol Chjuning xizmati katta.

Foto: eastnews

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In hayoti haqida ko‘p narsalar ma’lum emas, uning rafiqasi esa undan-da sirliroq. Li Sol Chju nomi rasmiy xabarlarda onda-sonda paydo bo‘ladi, ammo boshqa siyosiy liderlarning turmush o‘rtoqlari kabi uning nomi yangiliklar markazida turmaydi. Shuningdek, xonimning yoshi to‘g‘risida ham aniq ma’lumotlar yo‘q. Shunga qaramasdan, KXDRning birinchi xonimi hayotiga oid ba’zi mulohazalar ma’lum. Quyida shularni sizga taqdim etamiz.

  1. Li Sol Chju — ziyoli koreys oilasining qizidir. U port shahar Chxonjinda o‘qituvchi va shifokor oilasida dunyoga kelgan. Tug‘ilgan yili 1985 yildan 1989 yilgacha deya taxmin qilinadi, demak uning yoshini 28 va 33 oralig‘ida deyish mumkin.
    Foto: eastnews
  2. Bo‘lajak birinchi xonim Shimoliy Koreyadagi eng katta oliy o‘quv yurti — Kim Ir Sen nomidagi universitetda tahsil olgan. 2005 yili Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Shimoliy Koreya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash delegatsiyasi tarkibida ham bo‘lgan.

  3. Li Sol Chju musiqaga qiziqqan, birmuncha vaqt Xitoyda vokal bo‘yicha tahsil olgan. Qizig‘i, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Kim Chen In ham uni birinchi marta «Inxasu» davlat orkestrida ishtirok etayotgan vaqtida uchratib qoladi.
    Foto: eastnews
  4. OAV taxminlariga ko‘ra birinchi xonim mamlakatning bosh oilasiga uch nafar farzand, ya’ni ikki qiz va bir o‘g‘il tuhfa qilgan: qizaloqlar taxminan 2010 va 2013-yillarda, merosxo‘r esa 2017-yili tug‘ilgan. Janubiy Koreya razvedkasining ma’lumotiga qaraganda oxirgi farzandning tug‘ilishi ayolning xohishiga ko‘ra emas, voris zaruriyati o‘laroq bo‘lgan.
    Foto: eastnews
  5. Li Sol Chjuga qadar barcha birinchi xonimlar uzun sochli va klassik uslubda kiyinar edilar, ammo u odatlarni keskin ravishda buzdi. Uning sochi uzun emas, G‘arbning «Chanel» va «Dior» brendlari mahsulotidan foydalanadi.

  6. Turmush o‘rtog‘ining qahri qattiqligi, kuch-qudrati va obro‘siga qaramay, Li Sol Chju uni ayollar uchun ba’zi yengillik va yangiliklar joriy etishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi: masalan, shimollik ayollarga oddiy yoki jinsi shim, baland poshnali tuflilar kiyish va hatto velosiped haydashga ruxsat berildi.
    Foto: eastnews
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring