Yangi tizim: hokimlar endi uy buzish uchun hukumatdan ruxsat oladi
Bugundan boshlab mulk buzish masalalari bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov bugungi yig‘ilishda aytib o‘tgan.
Bosh vazirning aytishicha, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari buzilishi rejalashtirilgan hududni oldindan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishadi.
Xabar.uz manbasining xabar berishicha, yig‘ilishda ayrim vazirliklarga bir qator topshiriqlar berilgan. Xususan:
- Qurilish vazirligi respublika bo‘yicha barcha bosh rejalarni qayta ko‘rib chiqib, ularni ishlab chiqishda turar va noturar joylar buzilishini minimal darajaga keltiradi;
- Adliya vazirligi turar va noturar joylarni buzish va kompensatsiya to‘lovlarini qoplash bilan bog‘liq mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni qayta xatlovdan o‘tkazib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritadi.
Videoselektorda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bugundan boshlab qonunchilik talablariga asosan kompensatsiya to‘lanmagan va oldindan ogohlantirilmagan turar va noturar joylarni buzishni to‘xtatish buyurilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter