«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida tarixiy marosim bo‘ldi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rafiqasi bilan birga mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida ularni Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib olgani xabar qilingandi.
Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbari hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida so‘zlab berildi.
Ta’kidlash joizki, bu xorijiy davlat rahbari tashrifi chog‘ida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan birinchi shunday marosim bo‘ldi va kelgusida an’anaga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter