Vladimir Putin O‘zbekistonga keladi
Bugun, 30-may kuni Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida «Primakov o‘quvlari» xalqaro forum ishida ishtirok etish doirasida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
O‘zbekiston TIV rahbari jahonda e’tirof etilgan ilmiy-ekpertlik maydonidan biri va yirik olim-sharqshunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri xotirasiga bag‘ishlangan forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan S.Lavrovni tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Avvalo Toshkent shahrida kuz oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter