Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Norov ShHT bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi

Vladimir Norov ShHT bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan 2019 yilning 1 yanvardan boshlab Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Norov ilgari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Norov joriy yilning iyun oyi boshlarida Sindaoda o‘tkazilgan ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng ShHT bosh kotibligiga tasdiqlangandi.

Norov bu lavozimda Tojikiston vakili Rashid Alimov o‘rnini egalladi. U 2019 yil 1 yanvaridan 2021 yil 31 dekabriga qadar ShHT bosh kotibi bo‘ladi.

1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring