Vengriya tashqi ishlar vaziri ham respublikamizga keladi
2023-yil 9-fevral kuni Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Piter Siyarto O‘zbekistonga keladi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv, shuningdek, mamlakatimizning boshqa vazirlik va idoralarida muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, 7-9-fevral kunlari Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter