Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Ma’rufjon Mamatojiyevich Tajiboyev Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, vakolatli vakil:

• Oliy Majlis palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta’minlaydi;

• Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etadi;

• Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi vakillarining ishtirok etishiga ko‘maklashadi.

Ushbu lavozim 2017-yilning 28-sentyabr kuni prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori asosida joriy etilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring