Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarini boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarini boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga o‘tkaziladi. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.
Davlat dasturi 2018-yilning 2-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidentining «2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlandi. Uning matni O‘zAda e’lon qilindi.
Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan. Dasturdan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter