Tramp mart oyining boshida Netanyaxu bilan Oq uyda uchrashadi
AQSh prezidenti Donald Tramp 5-mart kuni Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qabul qiladi. Bu haqda «Reuters» agentligi juma kuni nomi sir saqlanishini xohlagan amerikalik ikki rasmiyga tayanib xabar qildi, deya yozmoqda TASS.
Yanvar oyi oxirlarida Tramp va Netanyaxu Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida uchrashgan edi. Bu ikkala yetakchining Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi «tarixiy» qarori e’lon qilganidan buyon ilk uchrashuvi edi. Netanyaxuning fikricha, bu uchrashuv AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishini tezlashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter