Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toza ishladi» — Shavkat Mirziyoyev Murodjon Azimov haqida gapirdi

«Toza ishladi» — Shavkat Mirziyoyev Murodjon Azimov haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Qarshida o‘tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo hokimi Murodjon Azimov haqida gapirdi.

«Men uni kecha emas, 15 yildan beri bilaman. Bojxona tizimida tajriba to‘plagan, mening ishonchimni oqladi. Albatta og‘ir bo‘ldi, ammo toza ishladi, cindirdi korrupsiyani. O‘zimga o‘zim savol beraman. U yoki bu sohaga, hududga rahbarni to‘g‘ri tanladimmi? Ba’zan ishonch bilan, ba’zan ilojsizlikdan kadr qo‘yamiz. Chunki yaxshi kadr topish juda qiyin.

Bu nomzodni faqat prezident aytgan bo‘lib qolmasligi uchun 6 oy viloyatga jo‘natib, cizlar oldingizda sinovdan o‘tkazdim. Barcha deputatlar va viloyat faollariga aytmoqchiman, cizlar befarq bo‘lmasangiz, cizlar birdamlik bilan ishlasangiz, viloyatda hayot o‘zgaradi. Bugungi qo‘yadigan hokimimiz Qashqadaryo viloyatining taqdirini o‘zgartirishi kerak.

Avvallari Namanganga borganda tadbirkorlik yo‘q edi, rivojlanish yo‘q edi. Bosh vazir paytimda viloyatga borsam, «bu ko‘chaga kirib bo‘lmaydi, vaziyati boshqacha» deyishardi. Mana yaxshi nomzod qo‘ydik, Namangan xalqining ishonchini qozondi, hozir bu viloyat oldingi o‘rinlarda. Nega Qashqadaryoda shunday bo‘lmasligi kerak?

Bu viloyat boshqa hududlardan orqada. Bu yerda ertalab yarim soat vaqtliroq ish boshlab, kamida 2 soat ko‘proq ishlash kerak. Bu yerda hokim bo‘lgan odam qattiqqo‘llik bilan ish olib borishi zarur», dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda Azimov rasman Qashqadaryo hokimi etib tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring