Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi
Kecha, 7-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qatar Davlati tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayhi boshchilik qilgan.
Maslahatlashuvda siyosat va diplomatiya, savdo va iqtisodiyot, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida O‘zbekiston-Qatar hamkorligini yanada jadallashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.
Shundan so‘ng, Qatar davlatining Toshkentdagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter