Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yig‘iladi
2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Uchrashuv so‘ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter