Toshkentda Chirchiq daryosi bo‘yida «Daryo bo‘yi» majmuasi barpo etiladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkentda saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida shaharda amalga oshiriladigan obodonchilik ishlari haqida aytib o‘tdi. Amaldagi davlat rahbari ayniqsa yashil hududlarni ko‘paytirish zaruriyatini ta’kidladi.
— Toshkentni yuqoriga qaratib qurganimiz yaxshi, ammo shaharga kelgan mehmonlar yayrab nafas olib, hordiq chiqarib ketishi ham kerak. Shuning uchun yashil hududlar, xiyobonlarni ko‘paytirishni rejalashtirganmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lum etilishicha, Chirchiq daryosining shahardan o‘tuvchi 16 kilometr qismini obodonlashtirish hisobiga, 306 gektar maydonda rekreatsion zona, piyoda yo‘laklari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini qamrab olgan «Daryo bo‘yi» majmuasi barpo etiladi.
Natijada shahardagi «yashil maydonlar» ulushi hozirgi 16 foizdan, 30 foizga yetkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter