Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto:Soliq qo‘mitasi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi tegishli qaroriga asosan Tursunov Normat To‘lkunovich Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikamizdagi iqtisodiy salohiyati eng yuqori hudud – poytaxt soliq idoralariga raxbar etib tayinlash unga katta ishonch bildirilayotganidan dalolat beradi.

N.Tursunov davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994-yilda Toshkent shahar Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlab, keyinchalik turli raxbar lavozimlarida, xususan 2010-2017-yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

U 2017-yil oktyabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring