Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» O‘zbekistondan shartnoma bo‘yicha elektr energiya yetkazib berishni so‘radi

«Tolibon» O‘zbekistondan shartnoma bo‘yicha elektr energiya yetkazib berishni so‘radi

«Tolibon» tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy Afg‘onistondagi elektr energiya taqchilliki kuzatilayotganligi sababli O‘zbekiston hukumatidan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektr energiya eksport qilishni so‘radi.

Muttaqiy Kobuldagi Afg‘oniston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi ochilishida O‘zbekiston hukumati va Afg‘oniston elektr energiyasi kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq o‘z va’dalarini bajarishiga umid bildirgan.

«Tolibon» tashqi ishlar vazirligi rahbari O‘zbekistondan elektr energiyasi importini to‘xtatish sabablari haqida hech narsa demagan.

Ayni paytda Kobul va boshqa ayrim viloyatlar aholisi doimiy ravishda elektr ta’minotidagi uzilishlardan aziyat chekayotganini aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, shu yilning 13 yanvar kuni texnik nosozlik tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi to‘xtatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring