Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonga tarixiy tashrif. Birinchi kun (video)

Tojikistonga tarixiy tashrif. Birinchi kun (video)

Kadr: «O‘zbekiston24»

Bugun Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga Respublikasiga tashrif buyurganidan xabaringiz bor.

Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va hukumat a’zolari kutib oldi. Dushanbe shahridagi «Qasri Millat» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat madhiyalari yangradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring