Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

Mavjud barcha masalalar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlari ruhida, faqat muzokaralar va maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilinish muhim ekani ta’kidlandi.

Tojikistonga bo‘lajak oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlikning borishi ham ko‘rib chiqildi. Mamlakatlarimiz bosh vazirlari o‘tgan hafta Xo‘jand shahrida o‘tkazgan amaliy uchrashuvning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan keng ko‘lamli hamkorlikning yangi «o‘sish nuqtalari»ni birgalikda aniqlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring