TIVning yangi rahbariga birinchi qo‘ng‘iroq Ozarbayjondan bo‘ldi
2022-yil 31-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ozarbayjon tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidovni yuksak mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi.
Tomonlar, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 2023-yil bilan ham bir-birini qutladi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.
Vazirlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va bo‘lajak tadbirlar jadvalini kelishib oldilar, deyiladi TIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Saidov kuni kecha tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter