Termizda o‘zbek-afg‘on muzokaralari boshlandi
Bugun, 16 oktyabr kuni Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyasi Termizga keldi.
Muzokaralarga O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchilik qilmoqda.
Mazkur muzokaralar O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 2021 yil 7 oktyabrda Afg‘onistonga amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar, o‘zaro tovar ayirboshlashdagi to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha masalalarni ham muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, Surxan – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif - Kobul - Peshavor yo‘nalishidagi temir yo‘l qurilishi bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter