Tashqi ishlar vaziri 3 ta davlatga safar qiladi

Bugun, 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif, Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Pokiston tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif bilan uchrashuv va muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilmoqda.
Muzokaralarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qilish ham kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter