Surxondaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ahmad Suvonqulov Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Bugun, 22-oktyabr kuni viloyat hokimligida hokim To‘ra Bobolov ishtirokida faollar yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Shu kungacha bu lavozimda Alisher Amirov ishlab kelayotgandi, bugun u Sherobod tumaniga hokim bo‘lgan edi.
Ahmad Suvonqulov esa bungacha Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter