MXX sobiq raisi Rustam Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi
Bugun, 31-yanvar kuni 1995-yildan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimini egallab kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatovning o‘z vazifasidan ozod etilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotlariga qaraganda R. Inoyatov yangi lavozimga tayinlangan.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-yanvardagi PF-5317-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 24 bandiga muvofiq Rustam Rasulevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etildi» — deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter