Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillari bo‘yicha murojaat qilib bo‘ldi

Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillari bo‘yicha murojaat qilib bo‘ldi

Siyosiy partiyalarning o‘z vakolatli vakillarini tayinlaganligi hamda ularni o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olish va belgilangan namunadagi mandatni berish haqidagi murojaatlari Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushishi bugun o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 27 iyul kuni O‘zbekiston ekologik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi hamda Xalq demokratik partiyasi vakolatli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi murojaatlari qabul qilingan.

26 iyul kuni esa Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan murojaatlar kelib tushgan edi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch kunlik muddatda uni ro‘yxatga oladi va unga belgilangan shaklda mandat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring