Si Szinpin davlat rahbari lavozimiga qayta saylandi
Xalq vakillarining Umumxitoy majlisi deputatlari amaldagi rais Si Szinpinni bir ovozdan yana 5 yil muddatga XXR raisi etib sayladilar. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Mamlakat rahbarligiga saylovlar bugun, 17-mart kuni tongda Xalq vakillari Umumxitoy majlisining 13-chaqiriq 1-sessiyasida yashirin ovoz berish yo‘li orqali amalga oshirildi. Majlisda qatnashgan 2970 nafar deputat bir ovozdan «ha» deya ovoz berishgan.
Si Szinpin 2013-yilning martida Xalq vakillari Umumxitoy majlisining 12-chaqirig‘i sessiyasida XXR raisi etib saylangan edi.
Bundan tashqari, Si Szinpin, XXRning markaziy harbiy kengashi rahbarligiga ham qayta saylandi. Bu bilan u o‘z qo‘lida harbiy, partiyaviy va davlat rahbarligini saqlab qoldi. Uning o‘rinbosari etib Kompartiyaning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi sobiq kotibi Van Sishan saylandi.
Xitoy markaziy telekanilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Si Szinpinning qayta saylanishi bilan tabriklab, telegramma yuborgan.
XXR raisi lavozimi mamlakatning 1954-yilgi konstitutsiyasiga muvofiq ta’sis etilgan, keyinchalik 1975-yilda bekor qilingan. 1982-yilda esa yana qayta tiklangan. Shu yilning 11-martiga qadar XXR raisi besh yil muddatga saylanar va ushbu lavozimda 2 muddatdan ortiq qola olmas edi. XVUMning oldingi sessiyasida deputatlar mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritib, 2 martalik vakolat muddatini bekor qildilar. Endi XXR raisiligiga bir kishi har besh yilda qaytadan saylanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter