Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya 2018 yilda yadroviy qurollar hajmini yana oshiradi

Shimoliy Koreya 2018 yilda yadroviy qurollar hajmini yana oshiradi

Foto: «Reuters»

Shimoliy Koreya rahbari Kim Jong Un yangi yilda «juda katta hajmda yadroviy kallaklar hamda ballistik raketalar ishlab chiqarilishini» ma’lum qildi. Bu haqda «Yevronyus» xabar berdi.

1-yanvar kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Jong Un yangi yildagi o‘zining birinchi chiqishida 2018-yilda mamlakatning yadroviy qudratini yana ko‘tarishini ma’lum qildi. O‘tgan yili sentyabr oyida Shimoliy Koreya oltinchi bora yadroviy qurolini sinovdan o‘tkazgan edi. Ushbu qurol hozircha eng kuchlisi hisoblanadi.

«Butun AQSh bizning yadroviy qurollarimiz changalida, mening idoramda ushbu qurollarni ishga tushiradigan tugma mavjud. Bu shunchaki tahdid emas, balki haqiqat. Shu yil biz o‘z oldimizga juda katta hajmda yadroviy kallaklar va ballistik raketalar ishlab chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz», deya bayonot berdi Kim o‘z chiqishi davomida.

Shuningdek, Kim Jong Un bundan buyon Shimoliy Koreya to‘lig‘icha yadroviy davlat bo‘lib hisoblanishini ma’lum qildi. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, AQSh va Shimoliy Koreya hech qachon hozirgidek yadro urushiga bunchalik yaqin kelishmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring