ShHT Samarqand sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 16 may kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan ShHT Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda sammit masalalari ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuvda:
- O‘zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish;
- joriy yilning may-sentyabr oylariga mo‘ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlar;
- 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish;
- ShHT faoliyatini yanada rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish;
- bo‘lajak sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonini tezlashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.
Shuningdek, muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat ham ko‘rib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter