Sherzodxon Qudratxo‘ja: «Nomi saylov, bir kishini saylashga borardik»
Bugun Xalqaro media-xolda «Ochiqlik va oshkoralik – adolatli saylovlarning muvaffaqiyatli va demokratik o‘tkazilishining kalitidir» mavzusida munozara sessiyasi o‘tkazildi.
Munozara sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asad Xodjayev, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduholiqov, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja, Markaziy Saylov kommisiyasi a’zosi Gulnoza Ismoilovalar spikerlar sifatida qatnashishdi.
Avstriyalik jurnalist Aleksandr Vilgelm ham sessiyada ishtirok etib, O‘zbekiston haqida kitob yozayotganini ma’lum qildi.
«Yoshligingda liberal bo‘lmagan bo‘lsang, yashamabsan; agar keksayganda konservativ bo‘lmasang, nodon ekansan, deyishadi. O‘zbekistonda esa bugun teskari jarayon ketmoqda. Biz konservativlikdan liberiallikka qarab ketyapmiz. Yodimda sovet davrida ham saylovlar bor edi. Nomi saylov, bir kishini saylashga borardik. Biz o‘zgarish yo‘lidamiz va muhimi bizda jarayonlar yaxshilanib bormoqda», — deydi Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z xotiralari bilan bo‘lishar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter